Hukumat huzuridagi jamg‘armaga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
17 iyul 2019 4966 1 daqiqa
Joriy yilning 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Umrbek Abdullayevich Ismailov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Jamg‘armaning asosiy vazifasi kichik tadbirkorlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.
Live
Barchasi