Hududlarda yil davomida 6 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

Jamiyat

image
2021 yilda ta’lim muassasalari 124 mlrdlik sport anjomlari bilan ta’minlanadi north_east

2021 yilda ta’lim muassasalari 124 mlrdlik sport anjomlari bilan ta’minlanadi

2021 yil davomida joylarda 50 mingdan ziyod ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlarga uyushmagan yoshlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratiladi. Natijada sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar soni 2,7 mlndan 3 mlnga yetkaziladi.

Yanvar oyidan aholi o‘rtasida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida sportning badminton, stol tennisi, voleybol, basketbol, mini futbol, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalarini mahallabay tizimi asosida manzilli o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Bunda, musobaqalar 12 oy davomida har bir hududda sportning 6 ta turidan 2 martadan tashkil etiladi. Ushbu sport tadbirlari 3 bosqichda 9 155 ta mahallalarda tashkil etilib, 8,6 mln nafar aholi qamrab olinadi.

Qayd etilishicha, Mahalla yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Charm to‘p”, hududlar kesimida barcha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalari xodimlari o‘rtasida “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” futbol musobaqalarini tizimli o‘tkazilishini davom ettiramiz, ularga 650 mingdan ortiq yoshlar jalb etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

sport

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing