2021 yilda ta’lim muassasalari 124 mlrdlik sport anjomlari bilan ta’minlanadi

Jamiyat

image

2021 yilda davlat ta’lim muassasalaridagi sport to‘garaklari moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida joriy yilda 10 mingta maktablar 5 mln so‘mlik, 6 mingta bog‘chalar esa 3 mln so‘mlik, jami 62 mlrd so‘mlik 9 turdagi birlamchi sport jihozlari bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, sport maktablari 62 mlrd so‘mlik 101 turdagi sport anjomlari bilan jihozlanadi.

Shu bilan birga, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab hududlarda yangidan 25 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida kurash mahorati maktablari tashkil etiladi.

Mazkur sport muassasalarida 300 dan ortiq sport seksiyalari tashkil etilib, ularga 30 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olish choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan boshlab 1 000 ta umumta’lim maktablarida 18 soatlik reja asosida shaxmatga o‘qitish joriy etiladi va sportning ushbu turiga qo‘shimcha ravishda 25 ming nafar o‘quvchilar jalb qilinadi.

Bundan tashqari, yoshlarni, ayniqsa uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularga bu borada zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida respublikamizdagi 4 mingdan ortiq maktablarda sport turlari bo‘yicha 19 678 ta to‘garaklar tashkil etiladi va ularga 520 ming nafar o‘quvchilar jalb etiladi.

Shuningdek, 52 ta oliy ta’lim muassasalarida 161 ta sport to‘garaklari tashkil etilib, 21 559 nafar talabalar qamrab olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

sport

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing