“Hududgazta’minot” mansabdori ozodlikka chiqdi

3-sahifa

image

2022 yilning 11 dekabr kuni qamoqqa olingan “Hududgazta’minot”ning Toshkent viloyati filiali direktori Muzaffar Aliyev ozodlikka chiqdi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tergov harakatlari davomida Aliyevga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

Bundan tashqari, Muzaffar Aliyevning lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimi mavjud.

“Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi rasmiy xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 11 dekabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tgan aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalari bo‘yicha Respublika shtabi yig‘ilishida “Hududgazta’minot”ning Toshkent viloyati filiali direktori Muzaffar Aliyev qamoqqa olingani aytilgan edi. Yig‘ilishda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, “Hududgazta’minot” AJning Toshkent viloyati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan “Hududgaz Toshkent” filiali direktori M.A.ga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing