Hozirgi tarkib uchun eng ko‘p pul ishlatgan klublar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Hozirgi tarkibini shakllantirish uchun transfer bozorida eng ko‘p pul sarflagan jamoalar reytingida “Chelsi” yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “CIES Football Observatory” ma’lum qildi.

Londonliklar hozirgi jamoaga bonuslar bilan birga 1,263 milliard yevro sarflagan. Ushbu reytingni tuzishda tarkibini shakllantirish uchun qilingan 25 ta xarid hisobga olinadi. 

Ushbu ro‘yxatda 2-o‘rindan “Manchester Yunayted” joy olgan. Klub 20 ta transfer uchun 1,038 mlrd yevro sarflagan bo‘lsa, 1,017 mlrd yevroga 18 ta transfer bilan “Manchester Siti” kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Yuqorida nomlari keltirilgan APL klubi xarajatlari 1 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan yagona uchta jamoadir.

Kuchli o‘ntalikka “Arsenal”, “Tottenxem”, PSJ, “Liverpul”, “Real”, “Nyukasl” va “Yuventus” kiritildi.

Kuchli beshlikka kirmaydigan jamoalar orasida eng yuqori pog‘onani “Al-Hilol” band etdi – 13-o‘rin (485 million yevroga 17 transfer).


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Manchester Yunayted London

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing