Hozir jang payti, saylov vaqti emas – Zelenskiy 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat resurslarini sarflash kerak bo‘lgan boshqa ko‘plab masalalar borligi va hozirda saylov o‘tkazishning vaqti emasligini aytdi. Bu haqda “24 Kanal” mahalliy nashri xabar berdi. 

6 noyabr kuni Vladimir Zelenskiy kelasi yili saylovlar o‘tkazilishi ehtimoli haqidagi yangi bayonotga munosabat bildirdi. Uning fikricha, barcha resurslar Ukrainani yanada kuchliroq bo‘lishiga qaratilishi kerak.

“Hozir, qiyinchiliklarga boy urush davrida, saylovga pul sarflash mutlaqo mas’uliyatsizlik. Negadir jamiyatga saylov mavzusini sizdirishmoqda”, deydi Zelenskiy.

Bildirilishicha, hozirda barcha mas’ul tuzilma va hokimiyatlarga Prezident tomonidan aniq javoblar ishlab chiqilmoqda. 

“Hozir faqat Rossiya Ukrainadan kutayotgan bosqinlar vaqti emas, balki davlat va xalq taqdiri hal qilinadigan mudofaa, jang vaqti”, deydi Zelenskiy.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari esa yaqinda saylovlar haqidagi savollarga javob berar ekan, ushbu sahifa hali yopilmayotganini aytdi. 

Shuningdek, mamlakat Oliy Radasi rahbari Ruslan Stefanchuk 2024 yilgi saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha bir qancha muammolar borligini aytib o‘tdi. Ushbu masalalar qatorida harbiy xizmatchilar va qochqinlarning saylov huquqi, vaqtincha bosib olingan hududlarda saylovlarni qanday ta’minlash, pulni qayerdan olish, ommaviy axborot vositalaridan erkin foydalanishni ta’minlash kabilar sanab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy 2024 yilda prezidentlik saylovlari o‘tkazilsa, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini istisno qilmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina saylov Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing