“Hozir vaqti emas” JSST Trampga javob qaytardi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’kidlashicha, hozirgi paytda Trampning ushbu qarori o‘rinli emas. 

Tashkilot, asosan, AQSH tomonidan moliyalashtiriladi. Tramp esa JSST uchun muhim bo‘lgan ushbu moliyaviy yordamni to‘xtatib qo‘yish uchun hukumatga taklif bergan. JSST'ning Yevropadagi vakili Xans Klugening fikricha, hozir buning vaqti emas. Chunki dunyoning sog‘liqni saqlash tizimi hozirda eng qiyin davrni boshdan kechirmoqda.

"Mintaqaviy direktor sifatida men JSSTga a’zo bo‘lgan 53 mamlakat uchun javobgarman. Shuni sizga aytaman-ki, bu qaror hozir ortiqcha. Biz hali ham ushbu pandemiyaning yuqori bosqichidamiz. Hozirda mablag‘ni qisqartirish vaqti emas", deydi Xans Kluge.

Ma’lumot uchun, JSSTga 1948 yilda asos solingan. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashgan tarkibiy bir agentligi hisoblanadi. Tashkilot bosh idorasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Tashkilotning 150 ta davlatda vakolatxonasi bor.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp JSST.

Baholaganlar

280

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing