Hozir Anos Habib bilan jangdagiga qaraganda kuchliroq – Islam Maxachev 

Sport

image

UFC yengil vazn toifasida Habibning vorisi sifatida qaralayotgan rossiyalik Islam Maxachev (30-1) navbatdagi raqibi braziliyalik Rafael Dos Anos (30-13) haqida fikr bildirdi. 

Uning aytishicha, 2014 yilda Habib Nurmuhamedov bilan o‘tkazilgan jangda mag‘lub bo‘lgan Dos Anos bugungi kunda eng xavfli jangchilardan biriga aylangan.

“Rafael Habib bilan jangdan so‘ng, ancha kuchaygan. U og‘ir janglarni ko‘proq o‘tkazdi, albatta, mendan ko‘ra tajribaliroq. O‘ylaymanki, hozir u har bir raqibni batafsil tahlil qiladi. U men uchun puxta tayyorgarlik ko‘radi, sparringa ham kuchli jangchilarni taklif qiladi. Biroq natija 2014 yildagi singari bo‘ladi”, deydi Maxachev. 

Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Dos Anos joriy yilning 30 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan UFC 267 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi. 

Ma’lumot uchun yengil vazn toifasida braziliyalik Charlz Oliveyra chempionlik kamari sohibi hisoblanadi. Islam Maxachev reytingda 5-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Dos Anos 7-raqamda qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Islam Maxachev Charl'z Oliveyra Rafael' Dos An'os

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing