Hojiakbar Alijonov uchun Osiyo kubogi yakunlandi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Hojiakbar Alijonov Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogining keyingi o‘yinlarida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Hindiston bilan bahs oldidan ma’lum qildi.

Chempionat startidan avval OAVda futbolchi jarohati bois Osiyo kubogini o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq keyinchalik O‘FA media departamenti rahbari Davron Fayziyev terma jamoa tibbiy shtabi ma’lumotiga ko‘ra, Alijonovning jarohat olgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Suriyaga qarshi bahsda maydonga tushirilgan Alijonov o‘yinni to‘liq davom ettirolmadi va murabbiy tomonidan zaxiraga olindi. Bugunga kelib futbolchining jarohati jiddiy ekanligi ma’lum bo‘ldi va endi futbolchi Osiyo kubogi bahslarida boshqa ko‘rinish bermaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda Alijonov Jahon chempionati saralashi doirasida Turkmanistonga qarshi sun’iy qoplamali maydonda to‘p tepgani uchun tizzasidan jarohat orttirib olgan. Uning qancha muddatda safga qaytishi hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi Qatar Hojiakbar Alijonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing