“Hoy, o‘rtoqlar!” Makron sammitdagi tomoshabinlarga baqirib berdi (video)
Olam
−
12 may 3720 1 daqiqa
Kecha, 11 may kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Nayrobidagi “Afrika oldinga” (Africa Forward) sammitida madaniyatga bag‘ishlangan sessiyani zaldagi shovqin tufayli to‘xtatdi va auditoriyadagilarni koyib berdi. Uning ushbu harakatlari aks etgan videolar tarmoqlarda tarqaldi.
“Hammadan uzr so‘rayman! Hoy! Hoy! Hoy! Kechirasizlar, o‘rtoqlar, lekin bu yerga ilhomlanib kelgan odamlar bunday shovqin ostida chiqish qilayotgan bir paytda madaniyat haqida gapirishning iloji yo‘q”, deya murojaat qilgan u ommani tartibga chaqirib.
Makron yuz berayotgan holatni hurmatsizlik deb atagan va shaxsiy suhbatlarini davom ettirishni istaganlarga ikki tomonlama uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan xonalarga o‘tishni yoki ko‘chaga chiqishni taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 11-12 may kunlari Nayrobida Fransiya va Keniya hamkorligida tashkil etilgan “Afrika oldinga” sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir Afrika davlatlari yetakchilari, xalqaro moliya institutlari vakillari, Afrika Ittifoqi va Yevropa Ittifoqi rasmiylari, shuningdek, investorlar va fuqarolik jamiyati vakillarini qit’a rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun birlashtirishga qaratilgan.
Live
Barchasi