Honda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyligidan ketdi
Sport
−
02 aprel
3169O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda va darvozabonlar murabbiyi Takaya Tsutsumi bilan tuzilgan shartnoma muddati o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Yaponiyalik mutaxassislarning O‘zbekistondagi 2 yillik faoliyati davomida mamlakat ayollar terma jamoasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyalari musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, FIFA reytingida o‘z o‘rnini yaxshilab bordi. Tarixda ilk marta Olimpiada saralashining so‘nggi bosqichiga qadar yetib bordi.
“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yaponiyalik mutaxassislar Midori Honda va Takaya Tsutsumiga minnatdorchilik bildiradi va kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi”, deyiladi manba xabarida.
LiveBarchasi