Holand Norvegiyaning eng qimmat kitobini o‘z ona shahriga xayriya qildi
Sport
−
25 mart 1519 1 daqiqa
“Manchester Siti” hamda Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand mamlakat tarixidagi eng qimmat kitoblardan birini xarid qilib, uni o‘zining ona shahriga hadya qildi. Bu haqda “Stavanger Aftenblad” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyida futbolchi va uning otasi Alfi Holand Snorri Sturluson qalamiga mansub “Qirol dostonlari” asarining 1594 yilda chop etilgan noyob nusxasini 1,3 million kron (taxminan 135 ming dollar) evaziga sotib olgan. Ushbu kitob keyinchalik Time munitsipalitetiga hadya qilingan.
“Men hech qachon kitobxon bo‘lmaganman, ammo kitoblar doimo mavjud bo‘lishini istayman. Shunda odamlar mening hududim – Bryune va Yeren haqida o‘qish imkoniga ega bo‘ladi”, deydi Holand.
Eslatib o‘tamiz, Holand joriy yilning 22 mart kuni “Manchester Siti” bilan joriy mavsumdagi dastlabki sovrinni Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi