“Istiqlol” majmuasi loyihasidagi stelaning maketi namoyish qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 fevral kuni “Moviy gumbazlar”  restorani yonidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning OAV va jamoatchilik vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida “Istiqlol” majmuasida o‘rnatiladigan stelaning joylashuv o‘rni maketi taqdim etilishi aytib o‘tilgan edi.

Bugun, 17 fevral kuni “Moviy gumbazlar” restorani yonidagi xiyobonga maket olib kelinib, joylashtirilmoqda.

Hokimlik xabariga ko‘ra, jamoatchilik vakillari xiyobonga kelib, maket bilan tanishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev jamoatchilik bilan uchrashuvda loyiha maketi uch kun ichida taqdim etilishini aytgandi. Hokim majmua barpo etilishida birorta daraxt kesilsa, o‘sha zahoti ariza yozib, ishdan ketishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Istiqlol majmuasi

Baholaganlar

180

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing