Hokimlarning paxtaga aralashishi majburiy mehnatga olib kelmoqda – “Cotton Campaign”
Jamiyat
−
28 yanvar 2021
5630Bolalar mehnati va majburiy mehnatni yo‘q qilishga qarshi kurashuvchi inson huquqlari, mehnat, investorlar va biznes tashkilotlarining global koalitsiyasi “Cotton Campaign” O‘zbekiston paxta dalalarida 2020 yilgi hosilni yig‘ib olish jarayonida majburiy mehnatga barham berish ishlarining sezilarli olg‘a siljishini olqishlaydi. Shu bilan birga, ba’zi muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Bu haqda “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasining 2020 yilgi O‘zbekistonda paxta kampaniyasini monitoring qilish natijalari to‘g‘risidagi hisobotida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, “Cotton Campaign”ning hamkori Inson Huquqlari bo‘yicha O‘zbek Forumi o‘zgarishlarning sezilarli belgisi sifatida so‘nggi 10 yil ichida ilk marta o‘zbek paxtasini yetishtirishda ayrim tumanlarda majburiy mehnatga oid hech qanday holatni aniqlamagan.
Shuningdek, Inson Huquqlari bo‘yicha O‘zbek Forumining mustaqil va tajribali kuzatuvchilari joylarda ko‘ngilli terimchilar ko‘pligi hamda majburiy holda terimga jalb qilingan ishchilarga kam duch kelganini ma’lum qilgan. Lekin, kuzatuvchilar amaldorlar tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinishning, shuningdek, davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlar maoshining bir qismi paxta terimchilarini yollashga sarflanishining ba’zi holatlarini ham qayd etgan.
“2020 yilgi yig‘im-terim jarayonida biz kuzatgan yutuqlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda majburiy mehnatga butunlay barham berishning haqiqiy istiqboli bor”, deydi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi direktori Umida Niyozova.
“Cotton Campaign” hisobotiga ko‘ra, 2020 yilgi paxta hosilini yig‘ib olishdagi ijobiy o‘zgarishlar O‘zbekiston Hukumatining iqtisodiyotga hamda majburiy mehnatni barham topishiga yo‘naltirgan islohotlari natijasidir.
“Paxta terimi uchun birmuncha yuqori to‘lovlar, mehnat inspeksiyalari tomonidan qat’iy nazorat va ayrim paxta klasterlari tomonidan tajribali xodimlarni tanlash kabi choralar terimchilar orasida majburiy mehnat bilan bog‘liq salbiy holatlarning ayrim tumanlarda qisqarishiga olib keldi. COVID-19 pandemiyasi ham ko‘ngilli terimchilar soni ortishiga sabab bo‘ldi”, deyiladi kompaniya hisobotida.
Qayd etilishicha, avvaldan qolgan ba’zi omillar 2020 yilgi paxta terimida majburiy mehnatga olib kelgan va bu kelgusida ham davom etishi mumkin.
“Hammasidan ham salbiysi – mahalliy amaldorlar paxta terimini tashkil etish va nazorat qilishda asosiy rolni o‘zlarida saqlab qoldi. 2020 yil martida paxta hosiliga davlat buyurtmasi bekor qilinib, Hukumat a’zolari majburiy mehnat taqiqlanganiga doir bir necha marotaba aniq bayonotlar bergan bo‘lsa-da, mahalliy hokimlarga tumanlarda paxta ishlab chiqarish rejalarini nazorat qilish vazifasi topshirildi”, deyiladi hujjatda.
Hisobotga ko‘ra, ayrim tumanlardagi rahbarlar ushbu topshiriqlarni bajarish uchun majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan. Xususan, favqulodda holatlar, bank va davlat korxonalari xizmatchilari paxta terishga majburlangan yoki terimchi xizmatini to‘lagan, aks holda salbiy oqibatlarga duch kelgan.
Kuzatuvchilar mahalliy hokimlik idoralarining minglab paxta terimchilarini majburan terimga safarbar etgani bilan bog‘liq o‘nlab holatlarni qayd etgan. Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2890 ta o‘t o‘chiruvchini Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida paxta terimiga safarbar qilish bo‘yicha buyruq chiqargan. Yomon sharoitlarda yashagan o‘t o‘chiruvchilar esa, o‘z navbatida, mahalliy aholi vakillaridan bir kunlik rejaga yetmagan paxtani sotib olishga majbur bo‘lgan.
LiveBarchasi