Hokimlarning ko‘ziga balodek ko‘rinishingiz kerak – Prezident Ikromov va Qosimovni tanqid qildi

Jamiyat

image

2021 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda bor-yo‘g‘i 27 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatga olingan. Bugun, 8 aprel kuni Prezident raisligida o‘tayotgan Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev makur holatni tanqid qilib, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimovga e’tiroz bildirdi. 

“Joriy yil birinchi chorakda 27 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Agar Qosimov va Ikromov qattiqroq ishlaganda, bu 27 ming 50 ming bo‘lar edi”, deydi Prezident. 

U so‘zida davom etib, Qosimov va Ikromovga yuzlanarkan, ulardan ko‘p narsalarni kutayotganini urg‘ulaydi. 

“Qanday farmon, qanday qaror qabul qilish kerakki, birinchi chorakda 27 ming emas, 50 bo‘lishi uchun. Nimaga? Odamlar o‘tgan yildan qiynalib chiqdi. Shuni inobatga olib, sharoitimizdan kelib chiqib, imkoni bor yordamni ko‘rsatdik”. 

Prezident Biznes ombudsman va Savdo-sanoat palatasi hokimlarga xushomad qilishdan uzoq bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi. 

“Sizlar hokimga xushomad qiladigan tashkilot emassizlar. Har kuni hokimlarning ko‘ziga balodek ko‘rinadigan tashkilot bo‘lishingiz kerak. “Bo‘lmayapti, mana bu yerda elektr yo‘q, mana bu yerda kredit yo‘q, mana bu yerda soliqchi qiynab yubordi, mana bu yerda gaz yo‘q, yo‘l yo‘q, infratuzilma yo‘q, mana, bo‘sh yer turibdi, shuni bering, hokim”, deb yozsin. Sizlar menga yozinglar. Sizlarda shunday vakolat bor-ku. Qani bu vakolat? Men indamasam mana shu 27 ming qolib ketadi. Kelgusi chorakda 15 ga, keyingisida 10 ga tushadi. Yana eski tos – eski hammom bo‘ladi”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

635

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing