Hokimlarning g‘alla yetishtiruvchilar ishiga aralashishi taqiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning:

•    boshoqli don yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashga;
•    ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga;
•    bug‘doyni sotish jarayonlariga, shu jumladan, shartnomalar tuzishga, xo‘jaliklarni don tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ma’lum korxonalarga biriktirish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga;
•    g‘allachilik klasterlari faoliyatiga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida qat’iyan taqiqlanadi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining kalendar yilning may-avgust oylarida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, sug‘oriladigan maydonlarda g‘alla yetishtiruvchi barcha sub’ektlar tomonidan g‘alla ekilgan har gektar maydon hisobiga respublika bo‘yicha o‘rtacha 2,5 tonnadan g‘allaning birja savdolariga chiqarilishini ta’minlash uchun shaxsan mas’ulligi belgilab qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

g'alla

Baholaganlar

326

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing