Rossiya Qozog‘istondan g‘alla importini taqiqladi
Olam
−
08 Oktabr
5788Rosselxoznadzor Qozog‘istondan Rossiyaga eksport qilinadigan don va uning qayta ishlangan mahsulotlari, kungaboqar urug‘lari va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun fitosanitariya sertifikatlarini berishni to‘xtatishni so‘radi. Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tegishli murojaatni sentyabr oyi o‘rtalarida oldi. Bu haqda respublika Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yermek Kenjexanuli ma’lum qildi.
Bildirilishicha, so‘rov Rossiya Federatsiyasining fitosanitar farovonligiga tahdid soladigan yetkazib beriladigan mahsulotlarda "aniqlangan karantin ob’ektlari" bilan bog‘liq bo‘lgan.
“Biz javob xatida aniqlangan qonunbuzarliklar haqida bizga dalil faktlarni taqdim etishlarini so‘radik. Bugun biz ushbu qoidabuzarliklar haqiqatda sodir bo‘lganligiga ishonch hosil qilish uchun aniqlangan laboratoriya tekshiruvlari va bu ishlarning natijalari bo‘yicha tegishli dalolatnomalar berishni so‘radik", dedi Yermek Kenjexanuli va Rossiya tomonidan hozircha javob bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.
Qozog‘istonning APK Novosti ixtisoslashtirilgan agentligi don bozori ishtirokchilariga tayanib, Rosselxoznadzorning murojaatini 1 avgustda joriy etilgan va joriy yilning oxirigacha amalda bo‘ladigan Rossiya donini Qozog‘istonga olib kirish taqiqiga javob deb atadi. Bu qaror yaxshi hosil fonida mamlakatga katta hajmdagi arzon rus bug‘doyining importini cheklash maqsadida qabul qilingan. Qozog‘iston don ittifoqi bunga rozi bo‘lmadi. Ular Rossiya tomonidan qozog‘istonlik dehqonlarga nisbatan ehtimoliy javob choralari haqida ogohlantirgan.
“Bu mumkin bo‘lgan savdo urushi. Bizning hokimiyatda ikkita yo‘l bor: yo Rossiya bug‘doyini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash, yoki un, sut, go‘sht mahsulotlari va hokazolarga taqiq joriy etish. Ammo shuni hisobga olish kerakki, bunga javoban ko‘mir, neft va neft mahsulotlarining tranziti taqiqlanadi... Ikkinchi holda, YeOIIni tark etish mantiqiy pozitsiya bo‘ladi. Va YeOIIning tugashi”, dedi agentlikka Don ittifoqi vakili Yevgeniy Karabanov.
Karabanovning qo‘shimcha qilishicha, Rospotrebnadzor tomonidan kiritilgan cheklovlar “Rossiya o‘z iqtisodiy manfaatlarini qat’iy himoya qilishi haqida rasmiy ogohlantirish”dan boshqa narsa emas. Bozor ishtirokchilari Qozog‘iston donini Rossiya Federatsiyasi orqali Yevropaga tranzit tashishda “qiyinchiliklarni boshdan kechira boshlaganliklari” haqida allaqachon xabar berishmoqda.
Ayni paytda, Qozog‘istonda, “Nezavisimaya” gazetaning qayd etishicha, bu yil g‘alla hosili katta – 17 million tonnagacha bug‘doy yetishi kutilmoqda. Respublika o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘ladi va qolgan 2 million tonna eksport qilinadi.
LiveBarchasi