Hokimlarni yomon ko‘ruvchilarning bolasi hokim bo‘lsin – Zoyir Mirzayev ba’zi fuqarolarga nasihat qildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev fuqarolar uchun tashkil etilgan navbatdagi qabulida bir muammo bilan qayta-qayta kelayotganlarni tartibga chaqirib, ularga “hokimlarni yomon ko‘ruvchilarning farzandi hokim bo‘lsin”, deb tanbeh berdi.

Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qabul Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan. Hokim fuqarolarni qabul qilish boshlanishidan oldin ularga murojaat qilgan.

“O‘zimizning vaqtimizni o‘zimiz olmaylik, bu yerga kelganda baqir-chaqir qilib, o‘zini ko‘rsatib, boshqalarning asabini buzish, bizga yarashmaydi bu.

Men qo‘limdan keladigan ishni bo‘ladi deyman. Qo‘limdan kelmasa shu zahoti rad qilaman. Bir odamni bir masala yuzasidan ellik marta qabul qilish noma’qul. Kim 4-5 marta kelayotgan bo‘lsa, shu yerda akt qilamiz. Bir muammoni qaytaryapsiz, biz yo‘q deb javob qilyapmiz, yana shu muammoni aytib, barchaning vaqtini olmang. Hamma narsaning ham qonuniy yechimi bor. Hech kim o‘zini artistlikka solmasin”

Hokimlarni yomon deyishadi. To‘g‘ri, yomonmiz biz. Shuning uchun ham ertalabdan kechgacha yelib-yuguryapmiz. Hokimlarni yomon deguvchilarning farzandlari ham hokim bo‘lsin, ikki kishiga yordam berolmay, ezilib uyga kelganda uning yuziga qarang ona bo‘lib, hokimlar ishi qanchalik mashaqqatli ekanini his qiling”, deydi Toshkent viloyati hokimi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, qabul 5 soatdan ko‘proq davom etgan. Unda Zoyir Mirzayev 174 nafar fuqaro bilan muloqot qilgan, qonunchilikda belgilangan tartibda masala va muammolar muhokama qilingan.

Shuningdek, bugungi qabulda viloyat sektor rahbarlari, boshqarma, korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing