Hokimlar vakolatini kengaytiradigan qonun ishlab chiqildi

Jamiyat

image

4 noyabr kuni Qonunchilik palatasida “2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yildan boshlab Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari axborotlar batafsil bayon etilgan holda ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi.

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun davlat boshqaruvi sektorining barcha darajalarining byudjet borasidagi mas’uliyatini oshiradi, shuningdek byudjet ijrosi intizomini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, Davlat byudjetining soliq turlari bo‘yicha xarajatlarini sohalar kesimida Oliy Majlis va xalq deputatlar mahalliy Kengashlari tomonidan qayta-qayta tasdiqlanishiga barham beriladi.

Bu mahalliy hokimliklar vakolatlarining kengayishiga olib keladi. Ilgari mahalliy hokimliklar o‘z byudjetini respublikadan yetkazilgan raqamlar asosida tasdiqlab qo‘yar edi, ular biror raqamni o‘zgartirish vakolatiga ega emas edi. Bir so‘z bilan aytganda, Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan byudjetni tasdiqlash tartib-taomili formal ma’noga ega edi. Qonun loyihasi doirasida boshqacha tartib-taomillar nazarda tutilgan.

Loyihada mahalliy hokimliklar mahalliy byudjetlarning daromadlarini soliq turlari bo‘yicha hamda xarajatlarini byudjet tashkilotlari kesimida o‘zlari belgilashi qayd etilgan. Shu tariqa, mahalliy Kengashlarning byudjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta’minlanadi. Vazirlik va idoralarning byudjetlari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanishi ularga ajratilgan byudjet mablag‘larining natijadorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonunda nazarda tutilgan o‘zgarishlar mahalliy hokimiyat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish orqali soliqqa tortish bazasini kengaytirishga va byudjetga tushadigan tushumlarning ko‘paytirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha chegaralarning o‘rnatilishi ushbu mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshiradi hamda Davlat byudjetining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qonunchilik palatasi Oliy Majlis Vazirlik

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing