Hokimlar o‘z shaharlarini “peshkom” aylanib chiqishlari kerak – To‘qayev
Olam
−
19 aprel 2023
5455Bugun, 19 aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumat va hokimliklarga respublikaning barcha shaharlarini tartibga solishga jiddiy e’tibor qaratishni topshirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“Tan olish kerak, shaharlarimizning ko‘rinishi yaxshi emas, o‘yin maydonchalari jihozlanmagan, uylar xarob. Masalan, yaqinda televizorda Semeydagi o‘yin maydonchasini ko‘rsatishdi, undan foydalanish xavfli. Sharqiy Yevropada, Bolqonda, byudjeti ancha kichik bo‘lgan shaharlar juda yaxshi, toza ko‘rinadi. Bu munitsipalitetlarning ishi bo‘lsada, bizda shaharliklarning o‘zlariga bo‘lgan munosabati yetarli emas”, deydi davlat rahbari.
Prezidentning fikricha, ayrim fuqarolarning o‘z ko‘chasi va uyiga bo‘lgan beparvo munosabati mamlakat obro‘sini to‘kmoqda.
“Aytgancha, bu Ostonada ham sodir bo‘lmoqda. Poytaxtning maqomi nafaqat uning markaziga, balki chekka hududlarga ham mos kelishi kerakligini bir necha bor aytganman. Hokimlar o‘z shaharlari, aholi punktlari, shuningdek, poytaxtni piyoda aylanib chiqishlari kerak”, deydi To‘qayev.
LiveBarchasi