Hokimlar xususiy mulk masalasida ogohlantirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farmon bilan hokimlar, vakolatli vazirlik va qo‘mitalar Konstitutsiyada belgilangan normalarning bajarilishiga shaxsan javobgarligi haqida ogohlantirildi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda – “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi) va ularning xududiy bo‘linmalari hamda boshqa vakolatli davlat organlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xususiy mulkning daxlsizligi, iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik erkinligini ta’minlash, tajovuzlardan himoya qilish, xususiy mulkni saqlash va yanada ko‘paytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risidagi normalarini so‘zsiz ijro etish va ularga qat’iy rioya qilish bo‘yicha shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirilsin”, deyiladi farmonda.

Eslatib o‘tamiz, farmonda yer uchastkalarini ajratish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasidan, kredit va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashda byurokratik to‘siqlar va sansalorliklar uchrayotgani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

xususiy mulk

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing