Hokimiyatdan ketayotgan Merkel o‘zi uchun yangi davr boshlanayotganini aytdi

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkel ba’zan kiyimlarining rangi bilan ma’lum siyosiy signallarni bog‘lashini tan oldi. Bu haqda u “Suddeutsche Zeitung” nashriga bergan intervyusida gapirgan. 

Shuningdek, Merkel hukumat rahbari lavozimini tark etgach, u uchun yangi davr boshlanishini ta’kidlagan. Kiyimlari haqida gapirishda davom etarkan, Merkel ularni muzeylarga bermasligini aytgan. 

“Ular muhtojlar uchun kiyilgan kiyimlarni yig‘ish punktlariga olib boriladi. Muntazam. Men kiyimlarni muzeyga bermayman”, degan Merkel. 

Kansler, shuningdek nima uchun har doim “migratsiya inqirozi” iborasidan qochganini tushuntirgan. 

“Ha, bu to‘g‘ri. Men bu so‘zdan qochaman, chunki men uchun qochqin inqiroz emas, balki insondir”, degan u. 

Merkelning ta’kidlashicha, noqonuniy muhojirlar oqimi bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan xatolar 2015 yilning kuzidan (migratsiya inqirozining cho‘qqisi) ancha oldin qilingan. 

Merkel, shuningdek “mamlakatdagi siyosiy iqlim qattiqlashganidan” afsus bildirgan. 

“Men kansler bo‘lgan paytlarimda, hali smartfonlar yo‘q edi. Facebook paydo bo‘lganiga bir yil to‘lgandi, Twitter esa bir yildan so‘ng chiqdi. Biz butunlay o‘zgargan media dunyosida yashayapmiz va bu (siyosiy iqlim o‘zgarishi) ham shu bilan bog‘liq”, degan u. 

Ma’lumot o‘rnida, Germaniyaning yangi hukumati joriy yil dekabr oyining boshida tuzilishi kutilmoqda. 26 oktyabr kuni Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Merkel va uning Vazirlar Mahkamasi a’zolariga muddat tugaganligi haqida guvohnomalarni topshiradi. 

Avvalroq, Angela Merkel mamlakatning yangi hukumati “yevropaparast” bo‘lishiga ishonch bildirgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Merkel'

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing