Hokimiyat tepasida ayollar! Toshkentda gender tengligi masalasida xalqaro forum o‘tyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ayollar huquqlari ta’minlanadimi? Ularning oila va jamiyatdagi o‘rni qanday? 

Bugun, 28 noyabr kuni poytaxt Toshkentdagi "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida "XXI asrda gender tengligi va yoshlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish" mavzusida xalqaro forumda ana shu savollar o‘rtaga tashlanmoqda. Forum bir necha daqiqp o‘z ishini boshladi.  

Forumni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer ochib berdi. 

Anjuman ishida Senat a’zolari, BMT, YeXHT, DIIHB, Xalqaro migratsiya tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar, NNT vakillari, shuningdek xorijiy va milliy OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni ochar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘z kirish so‘zida gender tenglikni ta’minlash va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari butun dunyoda o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganini ta’kidlab o‘tdi. 

Joriy yilda mamlakatda gender tengligini ta’minlash va ayollar huquqlarini himoya qilish masalasida muhim qadamlar tashlandi. Bulardan biri "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun bo‘lsa, ikkinchisi "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonundir. 

Konferensiyada Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ayollar gender tengligi

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing