Hokim kim?
Intervyu
−
08 iyul
185697 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahriga bir yarim yildan buyon hokimlik qilib kelayotgan Shavkat Umurzoqovning Yunusobod tumani “Sobirobod” mahallasidagi do‘konlarning birida oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirgani aks etgan videolar tarqaldi.
Hokimning do‘konda qilgan harakatlari, sotuvchiga qilgan muomalasi, mahsulotini olib, qo‘pollik bilan uloqtirgani tanqidlarga uchradi.
QALAMPIR.UZ mazkur mavzuda inson huquqlari faoli, “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov bilan suhbatlashdi. Intervyuni tomosha qilib,
- Hokim kim?
- Hokimning vazifa va vakolatlari qanday?
- Nima uchun O‘zbekistonda hokimlar saylanmaydi?
- Shavkat Umurzoqov “piar” qildimi?
- Hokimlarni tiyadiganlar bormi, kabi savollarga javob topasiz.
Videoni QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qiling.
Hokimning bu harakatiga poytaxt hokimligi izoh berdi, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hokimning shahardagi kattaroq ishlar bilan shug‘ullanishi kerakligini yozmoqda.
Bloger Nurbek Alimov Shavkat Umurzoqovning aktivistlik qilayotganini yozdi.
“Shu hokimimiz elektrosetlarga borib reyd qilsa, “svet” o‘chganda avariya bo‘ldi, deb boshqa umuman ma’lumot bermaydigan TETK larga borib, qayerda rostan ham avariya bo‘ldi, qayerda shunchaki tejashyapti, deb “reyd” qilib yursa bo‘lardi. Albatta, chirigan o‘rik “reydi” ham muhim, lekin odamlarning, xalqning ham o‘zini kallasi bor chirigan o‘rikni olish olmaslikka yetadigan. Avtobuslarga chiqib olib, jamoat transportidagi muammolarni o‘rgansin. Yo‘llarda piyodalarga qanday sharoit borligini bilish uchun piyodaga aylanib olib “reyd” qilsin.
Jahl bilan “yashik”chani irg‘itib, nima bu deyish esa shaxsan menga “zabavno” tuyuldi. “Moykachi”lar mashinani toza yuvmayotgani yoki somsapazlarning piyozni ko‘paytirib yuborayotgani bo‘yicha “reyd”larga chiqib yurmang. Buyam shu kategoriyada”, deydi bloger.
Jurnalist Anora Sodiqova ham hokimning bu harakatini qoralab, unga “otvet” yozgan:
“Hokimga hokimcha “otvet”. Byaxke (Bu yoqqa kel) Shavkat Umurzoqov! Manga qara, shuncha vaqtdan beri hokimsan, vakolating bor, nimani eplab tashlading o‘zi?! Nima qilib qo‘yding shu xalq uchun shuncha payt?!
- Toshkent kanalizatsiya tizimi nima bo‘ldi?
- drenaj tizimichi? Qah qaravossan!
- Daraxtlar nega kesilishda davom etyapti?
- Qurilishda qachon tartib bo‘ladi?
- San nima qivossan o‘zi “voobe”?!
- achigan mevamas, Toshkentga javob bergin xo‘pmi! Alohida intervyuga chaqirsam fuqaroga qilgan shu qo‘polliginga “otvechat” qilolisanmi o‘zi?
- Umrzoqov kimga ishonvossan o‘zi, orqangda kim bor o‘zi, manga qara?!” deydi Sodiqova.
Bloger Umid G‘ofurov hokimning o‘riklarni tekshirishdan boshqa muammolarni hal qilish rejasida bor yo‘qligi bilan qiziqqan.
“Toshkent shahar hokimi shaxsan do‘konma-do‘kon yurib, chirigan meva bor-yo‘qligini tekshiryapti ekan. Shahar hokimini rejalarida: asfalt qilinmagan yo‘llar va beton qilinib dabdalasi chiqqan trotuarlar, yo‘l o‘tkazgichlarida ishlamaydigan liftlar, o‘rnatilmagan chiqindi chelaklar, ishlamaydigan drenaj tizimi va yana +100500 ta o‘z zimmalaridagi muammolarni tekshirish bormikan?” deydi bloger.
Videoni QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qiling.