“Hizbulloh” yetakchisining o‘limidan so‘ng Xomanaiy xavfsiz joyga ko‘chirildi – OAV 

Olam

image

Isroilning Bayrutga bergan zarbasi oqibatida “Hizbulloh” harakati rahbari Hasan Nasrulloh o‘lishi ortidan Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy xavfsizlik choralari kuchaytirilgan mamlakat ichidagi xavfsiz joyga ko‘chirildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Eron Isroilning keyingi qadamlarini aniqlash uchun “Hizbulloh” va boshqa mintaqaviy guruhlar bilan doimiy aloqada.

Nasrulloh bir kun avval Bayrut janubidagi Dahiya tumanidagi qarorgohiga “Hizbulloh” rahbariyati yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan paytda berilgan “aniq havo hujumi” oqibatida o‘ldirilgan. “Hizbulloh”ning markaziy shtab-kvartirasi turarjoy binosi ostida joylashgani xabar qilingan.

“Hizbulloh” ham o‘z yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroilning Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirgan havo hujumida halok bo‘lganini tasdiqladi.

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon “Hizbulloh” yetakchisini o‘ldirishda AQSHni aybladi. Davlat rahbari o‘z bayonotida Nasrullohni Isroilga qarshi kurashi uchun olqishladi va “sionistlarning terror hujumi qarshilik oilasini har qachongidan ham kuchliroq qilishini” ta’kidladi.

U, shuningdek, AQSHni Isroilni ochiq qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 sentyabr kuni kechqurun Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari “Hizbulloh” tashkiloti shtab-kvartirasi joylashgan Bayrutning janubiy chekkasidagi aholi zich joylashgan Dahiya tumaniga kamida 10 marta raketa hujumi uyushtirdi. Isroilning so‘nggi havo hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani, 76 kishi jarohatlangani, 15 nafar yarador shifoxonalarga yetkazilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Hizbulloh Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing