“Hizbulloh” Isroilga jumagacha muhlat berdi 

Jamiyat

image

“Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh 3 noyabr, juma kungi bayonotgacha Isroilga G‘azodan chiqib ketishga muhlat berdi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.

Bunga javoban Isroil HAMASdan keyin "Hizbulloh" bilan shug‘ullanishga va’da bergan.

Isroil harbiylari Livan janubidagi chegaradosh hududlarning minglab aholisi “Hizbulloh ularga qarshi urush boshlashidan” qo‘rqib, u yerdan qochib ketayotgani haqida xabar berdi.

7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum qilganidan so‘ng, Livandagi “Hizbulloh”ning o‘z pozitsiyalarini himoya qilish maqsadida Isroil bilan bir-ikki to‘qnashuvlarini aytmaganda, ochiqchasiga urushga kirgani yo‘q.

“Hizbulloh” jangchilari vaqti-vaqti bilan Isroil shimolidagi chegara hududlariga raketalar va kichik qurollardan o‘q uzmoqda. Isroil armiyasi bunga javoban “Hizbulloh” jangchilari joylashgan hududlarga vaqti-vaqti bilan zarbalar bermoqda. Hozirgacha bu otishmalar mahalliy xarakterga ega.

Nasrulloh Isroil vaqti bilan soat 15:00 da “Quddus yo‘lida halok bo‘lgan shahidlar”ni sharaflash marosimida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Quds kuchlari qo‘mondoni Ismoil Qaani Isroil bilan kengroq jabhada kurashish uchun 8 oktyabrdan beri Livanda ekani aytilmoqda. Ba’zi manbalar Livandan Isroilga hujum qilish masalasida so‘nggi so‘zni “Hizbulloh” yetakchisi Nasrulloh aytishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azo sektori shimolida joylashgan Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida yuzlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo "Hizbulloh"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made