“Hizbulloh” Isroilga qarshi 200 dan ortiq raketa va uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi

Olam

image

Livandagi “Hizbulloh” harakati bugun, 4 iyul kuni Isroil shimolidagi harbiy bazalarga 200 dan ortiq raketa va portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan uchuvchisiz samolyotlarni uchirdi. Bu haqda harakatning o‘zi xabar berdi.

Aytilishicha, hujum Isroilning harbiy qo‘mondonlaridan biri halok bo‘lgan havo hujumiga javob bo‘lgan.

“Bu “Hizbulloh”ning 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan G‘azo sektoridagi urush paytida Isroilga qilgan eng yirik hujumidir”, deya qayd etadi “Ynet” portali.

Unga ko‘ra, zarba oqibatida Isroil shimolidagi ayrim hududlarda yong‘inlar sodir bo‘lgan.

SAXAL ham bunga javoban Livandagi “Hizbulloh” nishonlariga zarba berdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil “Hizbulloh” bo‘linmasi qo‘mondoni Muhammad Nosirning yo‘q qilinganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Hizbulloh TsAXAL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing