“Hizbulloh” Isroil bazasiga dronlar bilan hujum qildi (video)

Olam

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Livanning “Hizbulloh” guruhi tunda Isroildagi harbiy bazaga dronlar bilan hujum qildi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Binyamin shahridagi bazaga hujumda 70 dan ortiq odam jarohatlangan, yetti nafar askarning ahvoli og‘ir. “Hizbulloh” hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu Isroilning Livan janubi va Bayrutdagi hujumlariga javob tariqasida amalga oshirilgan. “Hizbulloh” bazaga “dronlar to‘dasi” hujum qilganini bildirgan. 

Ta’kidlanishicha, dronlar o‘nlab askarlar ovqatlanayotgan o‘quv bazasining oshxonasini nishonga olgan. U oshxona tomini teshib o‘tib, askarlar orasida portlagan. Dastlabki tergov ma’lumotlarida “Hizbulloh” O‘rtayer dengizi tomonidan ikkita “Mirsad” rusumli dron uchirgani aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Livanda quruqlikdagi operatsiyasini boshlaganidan beri kamida 14 askarini yo‘qotgani va 100 dan ortig‘i yaralangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

dron Isroil Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing