“Hizbulloh” dronlari Isroil radar stansiyasiga hujum qildi
Olam
−
08 iyul
5939“Hizbulloh” uchuvchisiz havo vositalaridan Xermon tog‘idagi Isroil harbiy radar stansiyasiga zarba berdi. Bu haqda harakat bayonot berdi.
Aytilishicha, Livan janubidan uchirilgan jangovar uchuvchisiz samolyotlar “dushman nishoniga tegib, uni qisman o‘chirib qo‘ygan”. Stansiya gumbazi va texnik jihozlari shikastlangan, ob’ekt hududida yong‘inlar aniqlangan. Xodimlar orasida qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Qayd etish joizki, oxirgi marta “Hizbulloh” bu radarga 31 mart kuni hujum qilib, boshqaruv tizimiga qisman zarar yetkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 iyul kuni tushdan keyin “Hizbulloh” qo‘shinlari Liman aholi punktidagi Isroil harbiy lageriga “Katyusha” raketalaridan o‘t ochdi va u yerda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Yuqori Jalilaning aholi punktlari, Kiryat Shmona shahri va Margaliot, Malikiya va Menara aholi punktlarida kuniga kamida 10 marta havo hujumi sirenalari eshitiladi.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Isroilning Livanga zarbasi oqibatida “Hizbulloh”ning yana bir yuqori martabali dala qo‘mondoni Abu Ali Nosir halok bo‘lgandi.