“Hizbulloh” HAMASga qo‘shilishga tayyor –  “Reuters” 

Olam

image

“Hizbulloh” (terroristik tashkilot) rahbarining o‘rinbosari Nayim Qosim Livan poytaxti Bayrutda “Hizbulloh” jangchilari HAMASga qo‘shilib, Isroilga qarshi jangga kirishi mumkinligini aytdi.  Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

"Buyuk davlatlar, arab davlatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti elchilarining biz bilan bo‘lgan parda ortidagi qo‘ng‘iroqlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita aralashmang, deganlari hech qanday ta’sir qilmaydi. “Hizbulloh” o‘z vazifasini juda yaxshi biladi. Biz to‘liq tayyormiz”, degan u Bayrut janubidagi mitingga yig‘ilgan tarafdorlariga.

Hozircha Livanda faoliyat yuritayotgan tashkilot Isroil armiyasi bilan keng ko‘lamli mojaro tomon yurgani yo‘q. Biroq, Livan-Isroil chegarasida yakka tartibdagi hujumlar allaqachon amalga oshirilmoqda va Isroil mamlakat shimolida jangovar bo‘linmalarni jamlamoqda.

“Hamma kutayotgan savol: “Hizbulloh” nima qiladi va uning hissasi qanday bo‘ladi? Biz oxirigacha kurashamiz. Har qanday sharoitda, har qanday xavfga qarshi o‘z ishimizni amalga oshiramiz", degan Nayim Qosim

Livan armiyasi “Hizbulloh”ning ajralgan guruhlari chegarani kesib o‘tishga harakat qilishidan qo‘rqib, janub bo‘ylab o‘z bo‘linmalarini joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Bayrutga tashrifi chog‘ida “Hizbulloh” yetakchisi Shayx Hasan Nasrulloh bilan uchrashgandi. Muzokaralar chog‘ida Abdullohiyon va Nasrullo Falastin-Isroil mojaro zonasidagi vaziyatni muhokama qilgan, shuningdek, ikki tomon HAMASning Isroilga hujumidan keyin qanday pozitsiyani egallashi kerakligi yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazgan. Isroilga borgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken esa agar boshqa davlatlar yoki terrorchilar Isroilga hujum qilsa, AQSH Isroilni himoya qilishini aytgandi. Ehtimol, shuning uchun ham AQSH O‘rtayer dengiziga o‘zining aviatashuvchi kemalarini joylashtirmoqda. AQSH Isroilga harbiylarini jo‘natmasligini ma’lum qilgan. Biroq O‘rtayer dengizidagi kuchlar orqali ayrim nishonlarga havo zarbasini berish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing