Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi belgilab berildi
Jamiyat
−
20 fevral 2020 5134 1 daqiqa
Joriy yilning 18 fevral kuni “Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Hisor davlat qo‘riqxonasining unga tutash hududlardagi umumiy yer maydoni 11 231,3 gektar bo‘lgan qo‘riqlanma zonasi belgilandi.
Ta’kidlanishicha, umumiy yer maydoni 2 000,0 gektar bo‘lgan Hazrati Sulton platosi, Suvtushar daryosining bir qismi, dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori ob’ektlari qo‘riqxona hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkaziladi. Bunda qo‘riqxonaning qo‘riqlanma zonasidagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi, qo‘riqxona hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkaziladigan ob’ektlar mazkur qo‘riqxonaning doimiy foydalanishida qoldiriladi.
“Qo‘riqlanma zonaga o‘tkazilgan ob’ektlarda ziyorat turizmi va ekologik turizmni tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratishga investorlar (shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida) jalb qilinadi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025