Hisorda qor ko‘chkisi kuzatildi
3-sahifa
−
24 mart 2331 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi Hisor tog‘ tizmasida qor ko‘chkisi kuzatildi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 23 mart kuni soat taxminan 16:25 da 700.000 m3 hajmli qor ko‘chki holatlari kuzatilgan.
Bu holat dengiz sathidan 3000 metr balandlikdan boshlanib, aholi turar joyidan 5 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Ko‘chki oqibatida hech qanday zarar va talafotlar kuzatilmagan.
Live
Barchasi