“Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Jamiyat

image

Avval xabar beganimizdek, bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Senatorlar majlisda O‘zbekiston Respublikasi "Hisob palatasi to‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Senatorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Hisob palatasiga murojaat qildi. Xususan, senator Zaynab Berdiyeva qonun loyihasiga ko‘ra, byudjet va smetada qonun buzilishi aniqlansa, palataning o‘zi ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rishi belgilab qo‘yilganini aytib, bu qanday amalga oshirilishini so‘radi.

Hisob palatasi vakili savolga quyidagicha javob qaytardi:

“Bizning xodimlar byudjet va smetada bo‘yicha qoidabuzarlik aniqlasa, o‘zi protokol tuza olmaydi. Ular aniqlangan qonunbuzarlik yuzasidan Moliya vazirligiga ma’lumot beradi. Vazirlik o‘rganib chiqib, o‘zi protokol tuzadi va ishni sudga taqdim etadi. Bunda jarayon cho‘zilib ketadi. Qonunga ko‘ra, Hisob palatasi xodimi qonunbzurlikni aniqlaganda, o‘zi bayonnoma tuzib, uni sudga yuborishi mumkin bo‘ladi”.

Muhokamalardan so‘ng loyiha ovozga qo‘yildi. Majlisda ishtirok etayotgan 83 nafar senatorning 80 nafari qonunni qo‘llab-quvvatladi. 3 nafar senator ovoz bermaslikni ma’qul ko‘rdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yalpi majlis Senat Hisob palatasi to'g'risidagi qonun

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing