Hisob 1-1: Ukraina rus tankerini qo‘lga oldi
Olam
−
25 iyul 2019
6931Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) NEYMA rus tankerini qo‘lga oldi. Bu haqda tashkilot “Facebook”dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tanker Kerch bo‘g‘ozida ukrain kemalari bloklab qo‘yilgani uchun qo‘lga olingan.
“Xalqaro dengiz huquqlariga zid ravishda Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati Kerch-Yenikal kanalidan o‘tayotgan ukrain kemalarini qurol ishlatib, NEYMA tankeri orqali Kerch bo‘g‘ozida bloklab qo‘ydi”, deyiladi xabarda.
UXX ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda hibsga olish bo‘yicha rasmiy murojaat tayyorlanyapti. Maxsus xizmat tankerning harakatlari natijasida 2018 yilning noyabr oyida 24 nafar dengiz va ukrain harbiy kemalari qo‘lga olinganini eslatib o‘tgan.
Rossiya bayrog‘i ostidagi tanker Izmail portiga 24 iyul kuni kirgan. Ta’kidlanishicha, tankerning Kerch bo‘g‘ozidagi agressiyaga aloqadorligini yashirish uchun uning nomini NEYMA`dan NIKA SPIRIT`ga o‘zgartirishgan. Tankerda tintuv o‘tkazilib, ekipaj so‘roq qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2018 yilning noyabr oyida Kerch bo‘g‘ozida 3 ta ukrain kemasini shatakka olib, undagi 24 kishini hibsga olgandi. Ularga uyushgan guruh bo‘lib Rossiya chegarasini buzib kirish ayblovi qo‘yilgan.
Rasmiy Kiyev o‘z fuqarolarini harbiy asirlar sifatida ko‘rib, ularni Ukrainaga qaytarishni talab qilyapti.
LiveBarchasi