Hindistonda ko‘chki sabab 150 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Olam
−
31 iyul
3566Hindistonning janubiy Kerala shtatida kuchli musson yomg‘irlari sabab 150 dan ortiq odamlar halok bo‘ldi. Uylarni suv bosib, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 150 dan ortiq odamlar cho‘kib ketgan. Qutqaruvchilar elektr quvvati yo‘qligi, qulagan daraxtlar va vayron bo‘lgan ko‘priklar sabab qidiruv ishlari qiyin kechayotganini xabar qilgan.
“Odamlar daryoda yuvilib ketgan yoki yo‘qligini bilmaymiz, ammo biz ularni qutqarish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz”, dedi Keralaning o‘rmon va yovvoyi tabiat bo‘yicha vaziri.
Shuningdek, hozirga qadar mingga yaqin odam qutqarilgan va haligacha qidiruv qutqaruv ishlari davom yetmoqda. Rasmiylar halok bo‘lganlarning qarindoshlari uchun 2400 dollar va jarohatlanganlarning har biri uchun 600 dollardan to‘lashini e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gayemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqarishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi.
Zumrad Zaripova
LiveBarchasi