Hindistonning koronavirusga qarshi vaksinasi “uyaltirib qo‘ydi” 

Olam

image

Hindistondagi tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi mahalliy COVAXIN vaksinasi bilan emlanishni istamayapti. Chunki, so‘nggi sinov bosqichlarida ushbu preparatning samaradorligi tasdiqlanmagan. Bu haqda "Hindustan Times" xabar bergan. 

Hindistonda 10,5 milliondan ortiq shifokor koronavirusga qarshi emlangan. Ammo ularning atigi 1,2 millioni yoki taxminan 11 foizi mahalliy vaksinani tanlagan. Qolganlari AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi bilan emlangan. 

"Bularning barchasi COVAXIN faqat eksperimental vaksina bo‘lgani va sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tmagani haqidagi dastlabki bahs-munozaralarga bog‘liq", degan Maxarashtra shtati Hukumatining emlash strategiyasi bo‘yicha maslahatchisi Subxash Salunxe. 

Ma’lumot o‘rnida, shu oyning boshida muxolifat nazorati ostidagi Chxattisgarx shtati federal Hukumatga COVAXIN'dan uning samarali ekanligi tasdiqlanmaguncha foydalanmaslik kerakligini aytgan. 

Epidemiologlar va mutaxassislar ham preparatni shoshilinch ravishda tasdiqlanishini tanqid qilgan. 

Vaksinani ishlab chiqaruvchi Bharat Biotech tez kunlarda 26 ming ko‘ngilli o‘rtasida o‘tkazilgan sinovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nashr etishini ma’lum qilgan. 

Hindiston federal Hukumati 10 million dozada COVAXIN vaksinasini buyurgan va ulardan kamida 5,5 millionini qabul qilib olgan. 

So‘nggi 24 soat ichida Hindistonda 16 ming 738 ta yangi koronavirus infeksiyasi holati qayd etilgan, bu ushbu oydagi eng yuqori ko‘rsatkich. 

Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 11 milliondan ortiq odam COVID-19 yuqtirgan, ulardan 156 mingdan ortig‘i vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston vaktsina

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing