Hindistondagi mehmonxonadan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

3-sahifa

image

Hindistonning Bengalor shahridagi mehmonxonalardan birida o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “India Brains” xabar berdi.

Qayd etilishicha, marhuma Zarina ismli 27 yoshdagi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. U 10 mart kuni Bengalorga sayyohlik vizasi bilan borgan va Seshadripuram hududidagi BDA ko‘prigi yaqinidagi mehmonxonaga joylashgan.

13 mart kuni esa mehmonxona xodimlari xonaning eshigini uzoq vaqt taqillatishiga qaramasdan, xona ichidan hech qanday javob bo‘lmagan. Shundan so‘ng, Zarinaning do‘stlaridan biri soat 22:30 da mehmonxona xodimlarini telefon orqali ogohlantirgan.

Xona asosiy kalit yordamida ochilganda esa xodimlar Zarinaning yuzi qonga belangan holda polda yotgan jasadini topdilar. Bengalor politsiyasining bildirishicha, Zarinaning yuziga musht tushirilgan, uning tanasidan turli jarohat izlari topilgan. Politsiya Zarinaning bo‘g‘ib o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur xona Zarina uchun 16 martga qadar Rahul Kumar ismli shaxs tomonidan bron qilingan. Mehmonxona menejeri Gaurav Kumar Singx ish yuzasidan politsiyaga shikoyat kiritgan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Haryana shtati Sonipat shahridagi dam olish maskanlaridan birida 32 yoshli farg‘onalik ayolning jasadi topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jasad Hindiston Bengalor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing