Hindistondagi mehmonxonada yong‘in oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 29 aprel kuni Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan Rituraj mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘in sababli 14 kishi vafot etdi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Telekanalning ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 14 kishining jasadi topilgan, bir necha kishi qutqarilgan. Voqeani o‘rganish uchun maxsus guruh tuzilgan. Bildirilishicha, yong‘inning asl sababi haligacha aniqlanmagan.

Shu o‘rinda Hindistonning Bxaratiya Janata partiyasi rahbari Sakanta Majumder ham o‘zining X platformasidagi postida yong‘in haqida ma’lumot berib, yong‘in xavfsizligiga rioya etilishini qat’iy nazorat qilishni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida Xitoyning Lyaonin provinsiyasida joylashgan Lyaoyan shahridagi restoranlardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi. Voqea oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan va uch kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Hindiston Kal'kutta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing