Hindistondagi ko‘prik qulashida halok bo‘lganlar 150 ga yaqinlashdi

Olam

image

Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatida osma ko‘prikning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 141 kishiga yetdi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv guruhlari tun bo‘yi ish olib bordi, 177 nafarga yaqin odam qutqarildi, deyiladi xabarda. Bir necha kishi hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti. Ko‘prik qulashi natijasida daryoga qulagan 130 dan ortiq odam qutqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 oktyabr oqshomida Britaniya davrida qurilgan piyodalar ko‘prigi qulab tushdi. Gujarat poytaxti Gandinagardan 241 kilometr g‘arbda joylashgan Morbi shahrida yuzlab odamlar daryoga tushib ketdi. Ahamiyatlisi Machxa daryosi ustidagi ko‘prik olti oylik ta’mirdan so‘ng qayta ochilganidan bir necha kun o‘tib, qulab tushdi.

Osma ko‘prikda 500 ga yaqin odam, jumladan, ayollar va bolalar bo‘lgan, uni qo‘llab-quvvatlovchi kabellar uzilib, odamlar daryoga qulagan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

142

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing