Hindistondagi “koronavirus bo‘roni”ning sababi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonda yangi koronavirus holatlari ortishiga ommaviy yig‘ilishlar, emlashning past darajasi va virusning yuqumliroq turlari tarqalishini sabab qilib ko‘rsatdi.  

JSST vakili Tarik Yasharevichning so‘zlariga ko‘ra, virusning yuqumliroq varianti mamlakatdagi to‘lqinning yagona sababi emas. 

"Kasallar soni o‘sishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar ham bor, masalan, yaqinda o‘tkazilgan katta yig‘ilishlar", degan JSST vakili. 

Qayd etilishicha, hindlarning sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shimcha yuk tushgan, chunki odamlar uyda davolanishi mumkinligiga qaramay vahima ichida shifoxonalarga yuborilgan. 

Hindistonda B1617 virusining ikkita mutatsiyaga uchragan, yuqumliroq varianti tarqalgani aniqlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, Hindistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli og‘ir epidemiologik vaziyat hukmronlik qilmoqda. So‘nggi bir necha kun ichida mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha antirekordlar qayd etilmoqda. 

Koronavirus bilan kasallanish soni bo‘yicha Hindiston dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda, virusdan o‘lim darajasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 

Hindistondagi shifoxonalar kasallar bilan to‘lib toshgan, kislorod ballonlari yetishmayapti. Shu sababli, Hukumat epidemiyaning yangi to‘lqiniga tayyor emasligi uchun tanqid qilinmoqda. 

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni deyarli 18 mlnga yetgan. 200 mingdan ko‘p kishi vafot etgan. 

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonga 2,6 mingdan ortiq xodimini yuborgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston koronavirus

Baholaganlar

956

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing