Hindistonda joriy yilda parranda grippidan birinchi o‘lim qayd etildi
Olam
−
21 iyul 2021
3529Hindistonda joriy yilda ilk bor parranda grippidan o‘lim qayd etildi: 11 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda “Indian Express” nashri Butunhindiston tibbiyot fanlari institutidagi manbasiga asoslanib xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, bola shifoxonaga shu oyning boshida yetkazilgan, u ikki haftadan ko‘proq muolaja olgan va kecha, 20 iyul kuni vafot etgan.
Qayd etilishicha, bola bilan aloqada bo‘lgan klinika xodimlari hozirda izolyatsiyada.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bungacha Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Sichuan provinsiyasida ham odam H5N6 parranda grippi virusini yuqtirgan.
Virus yuqtirgan bemor Bachjun shahrining 55 yoshli fuqarosi bo‘lgan. Joriy yilning 30 iyun kuni erkakning harorati keskin ko‘tarilgan, u 4 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan va ikki kundan keyin mahalliy sog‘liqni saqlash xodimlari uning H5N6 virusini yuqtirganini tasdiqlagan.
LiveBarchasi