Hindistonda jazirama issiq tufayli 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Olam
−
03 iyun
3847Hindistonda so‘nggi uch oy ichida jazirama to‘lqinlar tufayli kamida 56 kishi halok bo‘ldi, eng ko‘p o‘lim – 46 kishi may oyida sodir bo‘ldi. Bu haqda “The Hindustan Times” xabar berdi.
Qurbonlarning eng ko‘pi – 14 nafari Hindistonning markaziy qismidagi Madxya-Pradesh shtatida qayd etilgan bo‘lsa, Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtatida 11 kishi halok bo‘lgan. Andxra-Pradesh va Rajastanda ham haddan tashqari issiqlik tufayli o‘lim holatlari qayd etilgan.
May oyida 19,2 ming kishi, 1 martdan buyon 24,8 ming kishi issiqlik urishi belgilari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.
Hindiston meteorologlari so‘nggi uch oy davomida yuqori namlik bilan kechgan uchta issiqlik to‘lqinini qayd etdilar: Hindiston sharqi va janubi-sharqida 5-7 aprel, Hindiston janubida 15-30 aprel va mamlakat sharqiy qismida 1-7 may.
O‘tgan haftada Hindiston meteorologiya agentligi mamlakat uchun mutlaq harorat rekordini qayd etdi – Dehlidagi termometr 52,9 darajaga ko‘tarildi.
LiveBarchasi