Hindistonda yo‘lovchi va yuk poyezdi to‘qnashdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 4 noyabr kuni Hindistonning markaziy qismidagi Chxattisgarx shtatida yo‘lovchi va yuk poyezdlari to‘qnashuvi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi poyezd harakatsiz turgan yuk poyezdiga urilgan. To‘qnashuv oqibatida yo‘lovchi poyezdning oldingi vagoni jiddiy shikastlangan va hatto ikkinchi poyezdning ustiga chiqib qolgan.

Hodisa joyiga tez yordam mashinalari va tibbiy brigadalari yetib borgan. Shifokorlar og‘ir jarohat olganlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri poyezdda yordam ko‘rsatgan, chunki vayronalar sabab ularni zudlik bilan evakuatsiya qilish imkoni bo‘lmagan. Keyinroq jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Qutqarilganlar orasida chaqaloq ham bor.

To‘qnashuv oqibatida elektr tarmog‘i va signal tizimi zarar ko‘rgan, bu esa poyezdlar harakatida uzilishlarga sabab bo‘lgan. Mahalliy temiryo‘l ma’muriyati 11 kishining o‘limini, jumladan, yo‘lovchi poyezd mashinistining halok bo‘lganini tasdiqlagan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashinist favqulodda tormoz bosishga ulgurmagan. Boshqa sabablar aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Slovakiya sharqida tezyurar poyezdlar to‘qnashgandi. Hodisa oqibatida 20 kishi jarohatlangan. Halokat Rojnyava tumani, Yablonov-nad-Turnou qishlog‘i yaqinida, Koshitsedan taxminan 55 km g‘arbda sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing