Hindistonda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

3-sahifa

image

O‘zbekistonning elchixonasi Hindistonning Panjob shtatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolning jasadini mamlakatga qaytarishda yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 mart kuni Panjob shtati Zirakpur shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida T.M. ismli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa shaxsiy transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan. Panjob shtati vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli tergov-surishtiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston elchixonasi marhumaning qarindoshlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi hamda ularga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergov jarayoni nazoratga olingan. Diplomatik vakolatxona T.M.ning yaqinlari va qarindoshlariga og‘ir judolik munosabati bilan hamdardlik bildirgan hamda marhumaning jasadini mamlakatga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Nyu-York shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Nilufar Komilova halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Hindiston Panjob shtati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing