Hindistonda o‘limga olib keluvchi xavfli virus tarqalmoqda

Olam

image

Hindistonning Kalkutta shahri yaqinida qarshi vaksina va davosi mavjud bo‘lmagan o‘ta xavfli Nipah virusi tarqalgani aniqlandi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, G‘arbiy Bengaliya shtatida virus yuqtirishning besh holati aniqlangan, shulardan uchtasi joriy hafta qayd etilgan. Xususan, kasallanganlar orasida shifokor, hamshira va tibbiyot muassasasi xodimi bor.

Yana ikki nafar hamshira Yangi yildan keyin Kalkutta yaqinidagi xususiy shifoxonada ishlayotganda virusni yuqtirgan. Ularning ikkalasida ham yuqori harorat va nafas olish bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Kasallanganlardan biri komaga tushgan. Taxminlarga ko‘ra, u tahlillar olinmasdan vafot etgan bemorni davolash jarayonida virusni yuqtirgan bo‘lishi mumkin. Hozirda Hindiston rasmiylari 100 kishini karantinga olgan.

Ma’lumot uchun, Nipah virusi zoonoz infeksiyalar turkumiga kiradi va odamlarga ko‘rshapalak hamda cho‘chqa kabi hayvonlardan yuqishi mumkin. Epidemiologlarning aytishicha, ushbu virusga qarshi dori vositasi mavjud emas va bemorning sog‘ayishi asosan uning immun tizimi holatiga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (Africa CDC) Efiopiyaning janubida xavfli Marburg virusi tarqalgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston virus Nipah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing