Hindistonda traktor ag‘darilishi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning Uttarakxand shtatida traktor bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 22 kishi halok bo‘ldi, 18 nafar shaxs jarohatlandi. Bu haqda “Live Hindustan” xabar berdi. 

Aniqlik kiritilishicha, baxtsiz hodisa 45 nafarga yaqin aholi bayram munosabati bilan Gang daryosiga ziyorat qilish uchun traktor tirkamasida ketayotgan vaqtda yuz bergan.

Traktor haydovchisi qarshisida kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashib ketishdan qochishga uringan, oqibatida traktor yo‘ldan chiqib ketgan va tirkamasi bilan birga yo‘l chetidagi hovuzga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda 22 kishi halok bo‘lgan, ularning 7 nafari bolalar. Jabrlangan 18 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyida g‘avvoslar uch kishini qidirishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston traktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made