Hindistonda tomoshabinlar o‘tirgan tribuna quladi. 100 dan ortiq odam jabrlandi (video)

Olam

0:00
0:00
download

Kecha, 22 mart kuni Hindistonning Suryapet shahridagi stadionda tomoshabinlar o‘tirgan tribunaning qulashi natijasida 100 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda "India Today" mahalliy hokimiyatga asoslanib xabar bergan.  

Yoshlar chempionatining ochilish marosimida tribunada kamida ming kishi bo‘lgan. 

Suryapetda sport o‘yinlari uchun uchta tribuna qurilgan, ularning har biri besh mingga yaqin odamga mo‘ljallangan. 

Politsiyaga ko‘ra, tribunaning qulashi uning yog‘och va boshqa materiallardan ishonchsiz yasalgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Qayd etilishicha, hodisaning aniq sababi tergov tugagandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan. Ikki og‘ir kasal Haydarobod shahridagi shifoxonaga ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston tribuna

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing