Hindistonda shifoxonadagi yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
16 mart 732 1 daqiqa
Hindistonning Odisha shtatidagi shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 10 bemor halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16 mart kuni Hindistonning sharqidagi Odisha shtatidagi shifoxonaning travmatologiya bo‘limida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan.
Besh kishi og‘ir yaralangan. Ammo bu yong‘indanmi yoki oldingi jarohatlardan ekanligi aniqlanmagan.
Yong‘in markazidagi qisqa tutashuv sabab sifatida ko‘rsatilgan. Shifoxonaga bosh vazir Mohan Charan Majhi tashrif buyurgan.
“Kamida 23 bemor reanimatsiya bo‘limida davolanayotgan edi va ulardan 10 nafari yong‘indan uzoqroq xavfsizroq joyga ko‘chirilayotganda vafot etdi. Tibbiyot xodimlari va xavfsizlik xodimlari bemorlarni qutqarishda o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishdi. Buning oqibatida ular ham jarohat olishdi va ular ham davolanmoqda”, degan Bosh vazir Majhi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning elchixonasi Hindistonning Panjob shtatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolning jasadini mamlakatga qaytarishda yordam ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.