Hindistonda savdo binosi yonib ketdi. O‘nlab qurbonlar bor
Olam
−
22 iyun 1315 1 daqiqa
Bugun, 22 iyun kuni Shimoliy Hindistonning Lakxnau shahridagi savdo binosida yong‘in chiqishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Yong‘in Aliganj hududidagi binoda sodir bo‘lgan. Bu binoning pastki qavatlarida uy hayvonlari do‘koni va veterinariya klinikasi, yuqori qavatlarida esa o‘quv markazi va animatsiya studiyasi joylashgan.
Uttar-Pradesh shtati Bosh vaziri o‘rinbosari Brajesh Pathakning aytishicha, voqea joyidan 14 nafar jasad topilgan. Kamida 10 kishi qutqarilib, shifoxonaga yetkazilgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati talabalar.
Yong‘inning kelib chiqish sababi hozircha aniqlanmagan. Rasmiylar yong‘in o‘chog‘iga kirish qiyin bo‘lgani sababli qutqaruvchilar binoning orqa devorini buzib ichkariga kirganini bildirgan. Qalin tutun tufayli shamollatish moslamalari olib kelingan va qutqaruvchilar xonalarda qolgan odamlarni qidirgan.
Animatsiya studiyasi xodimi Muhammad Asin xodimlar tushlikdan qaytgan paytda yong‘in haqida ogohlantirilganini aytgan.
“Avvaliga kichik yong‘in deb o‘yladik. Chiqishga uringanimizda esa xonalar va yo‘laklarni tutun bosib bo‘lgan edi,” deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston poytaxti Nyu-Dehlining janubida joylashgan mehmonxonada yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida kamida 13 nafar xorijlik fuqaro halok bo‘lgan. Ular orasida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aytildi.
Live
Barchasi