Hindistondagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘lgan – OAV
3-sahifa
−
06 iyun 4075 1 daqiqa
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlining janubida joylashgan mehmonxonada yuz bergan katta yong‘in oqibatida kamida 13 nafar xorijlik fuqaro halok bo‘ldi. Ular orasida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Randxir Jaysval TASS nashriga ma’lum qildi.
Uning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar orasida Mozambikdan 1 kishi, Nigeriyadan 4 kishi, Qirg‘izistondan 3 kishi, O‘zbekistondan 1 kishi, Bangladeshdan 1 kishi, Liberiyadan 1 kishi, Kongodan 1 kishi va Iroqdan 1 kishi bor.
Shuningdek, 20 dan ortiq xorijlik fuqarolar jarohat olgan. Hindiston hukumati barcha tegishli elchixonalar bilan hamkorlik qilayotganini, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini va zarur hujjatlar rasmiylashtirilayotganini bildirgan.
Avvalroq, mahalliy OAVlari halok bo‘lganlar soni 18 nafar xorijlik bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Yong‘in 3 iyun kuni ertalab mehmonxonada boshlangan, hodisa oqibatida jami 21 kishi halok bo‘lgan va 47 kishi qutqarilgan, hozirda yong‘in sabablari tekshirilmoqda va mehmonxona egasi hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi haqida xabar bergandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust